Muqovasi: Qattiq ISBN: 978-9910-9987-1-3 Til: O'zbek tili Betlar soni: 430 bet Muallif: Doktor Oiz Qarniy O'lchami: 70x100 1/16 Chop etilgan yili: 2023
Kitob haqida: Ushbu kitob sizga: "Xushchaqchaq va baxtli bo'ling, yaxshilik tomonini izlang va tinchlaning", deydi. Hayotga o'z holicha boqishni, mamnun, quvnoq va shod yashashni o'rgatadi. Yo'nalishlar, odamlar, zamon va makonlar bilan muomala qilishda fitratga zid xatolarni tuzatadi.
Muqovasi: Qattiq ISBN: 978-9910-9987-2-0 Til: O'zbek tili Betlar soni: 264 bet Muallif: Yusufjon Jo'raboyev va Ziyauddin Begmatov O'lchami: 70x100 1/32 Chop etilgan yili: 2023
Kitob haqida: Kitob nafaqat otalarga, balki onalarga ham foydali bo‘ladi, degan umiddamiz. Zero undagi ko‘rsatmalarni otaona birgalikda bajarsalar, taʼlim-tarbiya yo‘lidagi intilishlarini birxillashtirsalar kutilayotgan natijaga tezroq erishiladi.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9988-0-5 Til: O'zbek tili Betlar soni: 51 bet Muallif: Abdulhodiy G'iyos O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Tasavvur qiling, qayiqda suzib ketmoqdasiz. To‘satdan u darz ketib, cho‘ka boshladi. Atrofda kimsa yo‘q. Siz birgina yog‘och parchasiga tirmashgan holda keng ummon o‘rtasida qolib ketdingiz. Yoki bepoyon sahroda oziq-ovqatsiz, suvsiz, tashnalikda yuribsiz. Yordamga uzatiladigan qo‘l, oshno bo‘ladigan dardkash yo‘q. Shu payt har qanday inson qalbiga yagona Yaratuvchi Zot kela boshlaydi. Undan yordam so‘raydi. Qalb tubidan qichqirgan fitrat sadosi “Alloh”, deb jarang laydi. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023 yil 20 dekabrdagi №03-07/9473-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9943-9430-2-5 Til: O'zbek tili Betlar soni: 128 bet Muallif: Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy Tarjimon: Abdulhodiy G'iyos O'lchami:70×100 1/32 Chop etilgan yili: 2023
Kitob haqida: Zamonamizning eng mashhur olimlardan biri Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniyning "Vaqtingiz hayotingiz" kitoblari o'z vaqtini qadrlovchi barchaga birdek muhim qo'llanmadir. Ushbu kitob vaqtdan unumli foydalanish, uning lahzalarigacha to‘g‘ri taqsimlab, oltindan qimmat bo‘lgan umrni faqat buyurilgan amallargagina sarf etish va boshqa muhim masalalar haqida yozilgan. O‘quvchilar uchun ushbu asar hayotlari chizib beril-gan formulaga o‘xshaydiki, undan to‘g‘ri foydalangan inson najot topishiga kishining shubhasi qolmaydi.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9988-8-1 Til: O'zbek tili Betlar soni: 254 bet Muallik: Yusufjon Jo'raboyev va Ziyauddin Begmatov O'lchami:60x90 1/16 Chop etilgan yili: 2025
Kitob haqida: Kitob jami 30 ta maktub va bir xotimadan iborat. Aziz kitobxon, ushbu asarni o'quvchiga yozilgan noma, maktbu singari qabul qilishingizni so'rab qolamiz... Zero, maktub olgan shaxs uni bir karra bo'lsa ham ochadi, o'qib ko'radi. Ma'lumoti asqatsa, foydalanadi.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-8032-4-6 Til: O'zbek tili Betlar soni: 256 bet Muallif: Yusufjon Jo‘raboyev, Ziyauddin Begmuhammad O'lchami:60x90 1/16 Chop etilgan yili: 2025
Kitob haqida: Oramizda taqdir zarbalaridan cho‘kkanlar ham, farovonlik ichida yashab, lekin qalb halovatini topmaganlar ham bisyor. Ular umidsizlik sabab tushkunlikka tushgan, yashash mazmunini yo‘qotib, kelajakka ishonchi so‘ngan insonlardir. Bundaylarga quruq shijoat yoki oddiy daldaning o‘zi kifoya qilmaydi. Ularga avvalo o‘sha “turtkilar”ning ahamiyatini anglatish, so‘ngra aniq va yorug‘ manzil sari yetaklash lozim.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9988-4-3 Til: O'zbek tili Betlar soni: 127 bet Muallif: Yusufjon Jo'raboev va Ziyauddin Begmatov O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Aziz kitobxon, baxt va iqbol ruhiyatini his etish uchun qulay fursatni kutmang. Aynan bugundan, v vaqtdan zavqlaning. Qo'lingizdagi ushbu asarni bu yo'ldagi imkoniyat deb biling. Zero baxtiqarolikning sabablaridan biri bu - o'ziga taqdim qilingan behisob imkoniyatlarni e'tiborsiz qoldirish, o'zida yo'q narsalarga ko'z tikish, shuning ortidan quvishdir
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9987-6-8 Til: O'zbek tili Betlar soni: 205 bet Muallif: Abdulhodiy G'iyos O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Bu dunyo sababiyat qonunlari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, turli xil katta-kichik, muhim, arzimas, og‘ir yoki yengil imtihonlardan iborat. Mo‘min banda har qanday vaziyatga sababiyat qonunlarini unutmagan holda Robb taologa bog‘lanib ushbu hayot o‘nqir-cho‘nqirlaridan sabot bilan o‘tmog‘i lozim. Qo‘lingizdagi ushbu kitob o‘quvchining mana shunday qiyin, iztirobli vaziyatlaridan Allohga bog‘lanish orqali chiqib ketishida asqotishiga ishonamiz.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9987-3-7 Til: O'zbek tili Betlar soni: 57 bet Muallif: Abdulhodiy G'iyos O'lchami: 70x100 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Har vaziyatda xotirjam bo'ling. Xotirjam bo'lganlar aslo yutqazmagan, maqtalgan. Doimo fikringizni jamlab, intiling, boshqalarga umid bog'lamang. Shunda qo'rqmay va ikkilanmay odimlaysiz, haqiqiy halovat hissini tuyasiz!
10 yoshdan katta bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan kulguga boy kitob. Efe va do‘stlarining mashhurlik ilinjida boshidan kechirgan sarguzashtlarini hatto yetti uxlab tushingizda ham ko‘rmagansiz! Efening ijtimoiy tarmoqlardagi haddan ortiq mahzunli, alamli postlari do‘stlari orasida mazax mavzusiga aylanadi, oilasining esa fig‘onini falakka chiqaradi. Natijada, Efega internetdan foydalanish qat’iyan man etiladi. Ammo bu taqiq shunday g‘aroyib bir loyiha bilan buzib o‘tiladiki, hamma hayratdan yoqa ushlaydi. Efe va do‘stlari bir zumda mashhur bo‘lib ketishadi, biroq bu shuhrat ular orzu qilgandek shirin bo‘lib chiqmaydi. Internet olamining shafqatsiz va qorong‘u yuzi bilan ilk bor to‘qnash kelgan qahramonlarimiz ustozlari yordamida ajoyib reja tuzib, vaziyatdan chiqib ketishadi. Bu yo‘lda do‘stlik sinaladi, goh ko‘z yosh, goh shodon kulgi yangraydi. Yakunda esa ... Hayrat bilan boshlanib, bir nafasda o‘qiladigan va qalbingizni iliqlikka to‘ldiradigan bu sarguzashtni qo‘ldan boy bermang!
«Bu kitobda nimalar bor?» Ijtimoiy tarmoqdan to‘g‘ri foydalanish Virtual bezorilikdan himoya Maktab sarguzashtlari • Samimiy do‘stlik Mardonavor uzr so‘rash • Jamoaviy birdamlik
10 yoshdan katta bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan kulguga boy kitob. Yo‘qolgan kuchuk, shubhali kimsalar, sirli ishoralar va sarguzashtga o‘ch besh o‘rtoq bir joyga yig‘ilsa, nima bo‘ladi? Albatta, favqulodda g‘aroyib ishlar sodir bo‘ladi... Maktabdan uyga qaytayotib xavf ostida qolgan Efening hayoti bir zumda jangari kinolardagidek tus oladi. Kunlab davom etgan yurakni hovuchlab turadigan ta’qiblar, izma-iz qidiruvlar va puxta tuzilgan rejalar natijasida Efe va do‘stlari o‘zlarini haqiqiy detektiv sarguzasht markazida ko‘radilar. Jasur do‘stini qutqarish uchun xatarli olovga o‘zini urgan Efening qahramonlik qissasi sizni hayajon, xavotir va shodon kulgi olamiga yetaklaydi...
«Bu kitobda nimalar bor?» Jonivorlarga mehr • Zukkolik Ojizlarni himoya qilish • Jasorat Yomonlikka qarshi kurash • Ijtimoiy mas’uliyat Samimiy do‘stlik • Jamoaviy birdamlik
Muqovasi: Yumshoq ISBN: Til: O'zbek tili Betlar soni: 304 bet Muallif:Yusufjon Jo'raboyev va Ziyauddin Begmatov O'lchami: 60x90 1/16 Chop etilgan yili: 2026
Annotatsiya Inson tabiatan suhbatdoshga, hamrohga va ishonchli do‘stga ehtiyoj sezadi. Jahon psixologiyasi ham samarali muloqot va do‘stlik inson ruhiyati uchun qanchalik muhim ekanini taʼkidlab o‘tgan. Odamlar bilan bo‘ladigan do‘stlik qalbga vaqtinchalik huzur bersa-da, haqiqiy saodat va to‘liq xotirjamlik faqat bitta manbada – olamlar Robbisi bilan bo‘lgan munosabatda yashiringandir. «Eng buyuk oshno» kitobi sizni ana shu ulug‘ do‘stlik sari yetaklaydi. Unda nafsni poklash, tavbada sobit turish va ibodat lazzatini his qilish yo‘llari bayon etilgan. Kitob sahifalaridan o‘rin olgan hikmatlar chashmasi o‘quvchiga nafaqat ruhiy ozuqa beradi, balki uning qalbida Rabboniy nurni paydo qilib, hayotning turli sinovlari va shayton vasvasalaridan himoya qiluvchi qo‘rg‘on vazifasini o‘taydi.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9988-6-7 Til: O'zbek tili Betlar soni: 184 bet Muallif: Abdulhodiy G'iyos va Yusufjon Jo'raboyev O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2025
Kitob haqida: Odamzot shunchalik quvvat, energiyaga boyki, ulardan foydalana olsa, xazinaning o‘zi bo‘ladi-qoladi. Sababi – bu aytayotgan boyliklarni to‘g‘ri yo‘lga sarflash orqali inson misli ko‘rilmagan yutuqlarga, zafarlarga yetishi mumkin. Bugunimizgacha yetib kelgan, o‘zining mashhurligi, donoligi, zakovatiyu ziyrakligi bilan dovrug‘ qozonganlar ham mana shu omil orqali tanilganlar. Qolaversa, yana bir xislat ularni boshqalardan ajratib turadi. U ham bo‘lsa, bularning hayot chizig‘ini to‘g‘ri chiza bilganliklaridir. Egrilikdan qochib, samimiyat ila dunyodan o‘tganlaridir. Ushbu kitob maqsadlaringizni to‘g‘ri belgilashda, ishlaringiz rivoji sari intilishingizda asqotadi, degan umiddamiz. Zero, hayotingiz to‘g‘ri shakllansa, uning yo‘llari ham, chorrahalari ham sizning manfaatingizga xizmat qiladi.
Muqovasi: Qattiq ISBN: 978-9943-12-404-2 Til: O'zbek tili Betlar soni: 394 bet Muallif: Soatmurod Primov va Hamidullo Aminov O'lchami: 60x90 1/16 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Mazkur o'quv qo'llanmada hanafiy mazhabi fiqhini o'rganuvchilar va uni tadqiq qiluvchilar uchun muhim ilmiy ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu ilmiy kitob hanafiylik fiqhi bilan qiziquvchilar, izlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9987-9-9 Til: O'zbek tili Betlar soni: 94 bet Muallif: Abdulhamid Mahmud Tahmoz O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu - Ulamolar imomi va yaxshilik muallimi Bugungi davrimizda musulmon yoshlari hayotini o'rganib, ergashishga loyiq, ko'zga ko'ringan musulmonlar ichida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga o'xshaganini ko'rmadim. U kishi yosh sahobiylardan edilar. Uning yigitlik g'ayrati, jamoli va biroz moli bor edi. O'n sakkiz yoshda Islomga kirdi hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Aqabada bay'at berdi. Islom uchun juda shijoatli, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qattiq muhabbatli zot edilar. Alloh u kishida rozi bo'lsin
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9987-7-5 Til: O'zbek tili Betlar soni: 136 bet Muallif: Abdulhamid Mahmud Tahmoz O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Bu kitob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xos xodimi Anas ibn Molik roziyallohu anhuning shaxsiyatiga atalgan. Shuningdek, kitob mutolaasi asnosida Anas roziyallohu anhuning hayoti, ilmi, zuhd va parxezkorliklaridan, hamda xalifa, amirlarga qanday munosobatda bo'lganidan xabardor bo'lasiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muomala madaniyatlari
Muqovasi: Yumshoq ISBN: 978-9910-9988-1-2 Til: O'zbek tili Betlar soni: 116 bet Muallif: Abdulaziz Ismoilov O'lchami: 70x100 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Bu asar bir nechta kitoblardan jamlangan bo'lib, hozirgi shiddat bilan o'tib borayotgan, birovni ko'ngli bilan birovni ishi yo'q zamonda qanday qilib boshqalarning qalbiga arzimagan harakatimiz, gaplarimiz bilan quvonch olib kira olishimiz, o'z fikrlarimizni qanday qilib boshqalarni ranjitmay yetkaza olishimiz haqida yozilgan. Qisqa qilib aytganda muomala madaniyati haqida
Muqovasi: Qattiq ISBN: 978-9910-9988-8-2 Til: O'zbek tili Betlar soni: 406 bet Muallif: Abu Abdulloh Shamsiddin O'lchami: 70x100 1/16 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Sizga taqdim qilayotganimiz ushbu kitobdagilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'zlari davolangan va boshqalarga tavsiya qilgan tabobatlari to'g'risidagi foydali boblardir.
Muqovasi: Qattiq ISBN: 978-9910-9988-3-6 Til: O'zbek tili Betlar soni: 478 bet Mas'ul muharrir: Muhammadolim Muhammadsiddiqov O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: "Diniy-ma'rifiy soha rivoji yosh Islomshunos tadqiqotchilar nigohida" mavzusidagi yosh olimlar va tadqiqotchilarning maqolalar to'plami. Maqola materiallari O'zbekistonda diniy-ma'rifiy soha tarixi, rivojlanishi, bugungi kundagi ahamiyati bilan bog'liq qiziqarli faktik ma'lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu to'plamdan tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, pedagoglar, oliy o'quv yurti talabalari manba sifatida foydalanishlari mumkin.
Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: Muammo va yechimlar
Muqovasi: Qattiq ISBN: 978-9910-9988-2-9 Til: O'zbek tili Betlar soni: 614 bet Mas'ul muharrir: Muhammadolim Muhammadsiddiqov O'lchami: 70x100 1/16 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: "Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: Muammo va yechimlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tezislari to'plami. Xalqaro ilimiy-amaliy anjuman tezislari Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlari bilan bog'liq qiziqarli faktik ma'lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. Ushbu tezislar to'plamidan tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, pedagoglar, oliy o'quv yurti magistr va talabalari manba sifatida foydalanishlari mumkin.
Zamonaviy fiqhiy masalalar va fatvo berish asoslari
Muqovasi: Qattiq ISBN: 978-9910-9987-5-1 Til: O'zbek tili Betlar soni: 402 bet Muallif: Soatmurod Primov O'lchami: 84x108 1/32 Chop etilgan yili: 2024
Kitob haqida: Qo'llanmaga kiritilgan mavzular Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti o'quv rejasiga kiritilgan "Zamonaviy fiqhiy masalalar va fatvo berish asoslari" fani bo'yicha tuzilgan o'quv dastur asosida tayyorlangan. Taqdim etilayotgan o'quv qo'llanma teologiya yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalari va shu soha mutaxasislariga mo'ljallangan.
Sahifa Nashr
yangi sahifa oching...
Xizmatlarimiz
Nashriyotimiz quyidagi xizmatlarni ko'rsatadi:
Ichki va tashqi dizayn
Kitob yoki jurnalning muqova dizayni, shuningdek uning ichki dizaynlari
Muharrir va Musahhih
Mahsulotni tahrirlash, xatoliklarini bartaraf etish
Kitob va jurnallar
Kitoblar va jurnallar tayyorlash, ularga ISBN raqamlarini olish
Bizning kitoblarimiz qanday nashr etiladi?
Kitob nashr bo'lish jarayonida qaysi bosqichlarni bosib o'tadi